O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Qo‘qon va Farg‘onada nodavlat OTMlar tarmoqlar orqali fuqarolar mazkur muassasada bakalavr darajasini beruvchi xalqaro diplomga ega bo‘lishlari haqida xabar tarqatgan. Oliygohlar rahbar va xodimlari shu orqali 345 kishining 2,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyatida fuqaro o‘g‘lini tanishining korxonasiga ishga kiritib, 3,5 mlrd so‘m kredit mablag‘iga olingan tovarlarni naqd pulga sotib yuborgani aniqlandi. Surxondaryoda esa fermer 90 ming dollar kreditni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yanvar-mart oylarida ulgurji iste’molchilar tomonidan 28 mln kubdan ortiq tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani ma’lum qilindi. Bu bilan gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Energetika vazirligi yanvar oyining 25 kunida tadbirkorlar 4,9 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganini aniqladi. Bu 280 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng degani. Yetkazilgan zarar miqdori esa 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 22 kun ichida Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanish davrida tadbirkorlar jami 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2,4 mlrd so‘m mablag‘ tashkilotlarda aslida ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi bo‘lib chiqqan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting